Ахборот тизимларини лойиҳалаш


Strategik  axborot  tizimlari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/48
Sana08.01.2022
Hajmi1.24 Mb.
#242361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.

Strategik  axborot  tizimlari  –  kompyuter  axborot  tizimi,  tashkilotning  strategik 

kelajakka  mо‗ljallangan  rivojlanish  maqsadida  qarorlar  qabul  qilish  tatbiqini 

ta‘minlashdir. 

Strategik  darajadagi  axborot  tizimlari  yuqori  zvenodagi  boshqaruvchilarga 

strukturlashmagan  masalalarni  yechishga  yordam  beradi,  uzoqqa  mо‗ljallangan  rejalarni 

amalga  oshiradi.  Asosiy  vazifasi  –  voqiylikni  tashqi  muhitda  о‗zgarishlarni  firmaning 

mavjud  potensiali  bilan  solishtiradi.  Ular  birdan  kо‗zda  tutilmagan  vaqtda  hosil  bо‗lgan 

viziyatlarda  kompyuter  telekomunikatsion  qо‗llab-quvvatlashlashining  umumiy  muhitini 

yaratadi.  Mukammallashgan  dasturlardan  foydalanadi,  bunday  tizimlar  juda  kо‗p 



 

manbadan  ihtiyoriy  vaqtda  axborotni  taqdim  qila  oladi.  Ba‘zi  strategik  tizimlarning 



chegaralangan analitik imkoniyatlari mavjud. 

Dasturiy  ta‘minot  qо‗llanishi  jihatidan  bir  qator  tipik  AT  larining  arxitekturasini 

ajratish mumkin. 

An‘anaviy  arxitektur  yechimlar  belgilangan  fayl-server  yoki  ma‘lumotlar  bazasi 

serverlarini 

foydalanishga 

asoslangan. 

Shuningdek, 

Internet 

(Intranet-ilovalar) 

texnologiyalariga asoslangan korporativ axborot tizimlari arxitekturasi variantlari mavjud. 

Keyingi axborot tizimlarining kо‗rinishi sifatida (DataWarehouse) «ma‘lumotlar ombori» 

konsepsiyasiga  asoslangan  –  integrallashgan  axborot  muhiti  turli  axborot  resurslarini  о‗z 

ichiga  oladi.  Oxirida,  global  tarqalgan  axborot  ilovalar  qurishda  obyektga  mо‗ljallangan 

uslub asosida integrallan axborot-hisoblash komponentalari arxitekturasidan foydalaniladi. 

Avtomashtirilgan boshqarish axborot tizimlari industriyasini yaratish fikri 1950-1960 

yillarda tug‗ilgan va asr oxiriga kelib tugallangan shaklda namoyon bо‗ldi. 

Birinchi  bosqichda  AT  loyihalash  asosiy  uslubi,  tizim  ilovalar  jamlanmasi  sifatida 

yaratila boshlaganda, «yuqoridan-quyiga» metodiga asoslangan, chunki bu vaqtda korxona 

faoliyatini  qо‗llash  juda  kerak  edi.  Bu  loyihalarning  asosiy  maqsadi,  konkret  tashkilotni 

joriy  talablariga xizmat  qilish uchun,  kо‗paytiriladigan  mahsulotni  yaratish  edi.  Bu  uslub 

hozirgi  kunda  ham  saqlanayotir.  «Loskudli  avtomatlashtirish»  doirasida  yetarli  darajada 

alohida 

funksiyasining 

ta‘minoti 

qо‗llanadi, 

lekin 

strategik 



rivojlanish 

avtomatlashtirishning  kompleks  tizimi  amaliyotida  butunlay  mavjud  emas,  ammo 

funksional nimtizimlarni birlashtirish alohida va yetarli murakkab muammoga aylanayotir. 

Avtomatlashtirish  uchun  alohida  bо‗lim  va  boshqaruv  tashkil  etib,  korxonalar 

о‗zining  kuchlari  bilan  «(obustroitsya)  imkonli  bо‗lish»  yaratishga  intilishdi.  Ammo 

davriy  ravishda  ishlash  texnologiyasining  о‗zgarishi  va  lavozim  yо‗riqnomasidagi 

murakkablik,  bir  ma‘lumotlarning  turli  foydalanuvchilarda  turli  talqin  qilishi,  uzluksiz 

ravishda  dasturiy  mahsulotni  kamchiliklarini  tо‗ldirishga  va  yangidan-yangi  alohida 

ishlovchilarning  hoxishlarini  bajarish  tо‗g‗ri  keladi.  Natijada  dasturchilar  ishi, 

yaratilayotgan AT larining ba‘zi rahbarlari va tizim foydalanuvchilari о‗rtasida norozilikka 

sabab bо‗ldi. 

Keyingi bosqich faktlarni tushunish bilan bog‗liq bо‗lib, turli korxona va muassasalar 

faoliyatini  avtomatlashtirishga  mо‗ljallangan  standart  dasturlarga  bо‗lgan  talab  yetarli 

darajada  emasligidadir.  Ishlab  chiquvchilar  hamma  spektr  muammolardan  kо‗proq 

tanilganlarini 

ajratganlar: 

buxgalter 

analitik 

hisobi 

va 


texnologik 

jarayon 


avtomatlashirishini  olib  borish.  Tizimni  loyihalashni  «yuqoridan-quyiga»  qarab 

boshlashgan, ya‘ni bitta dastur kо‗p foydalanuvchilarning talablarini qondirish kerak. 

Universal  dasturdan  foydalanish  ma‘lumotlar  bazasi  strukturasini,  ekran  shakli, 

hisoblash  algoritmlarini  tanlashda  yaratuvchilarga  cheklovlarni  qо‗yishga  majbur  qiladi. 

«Yuqoridan»  qо‗yilgan  qattiq  talab  korxonaning  faoliyatiga  quyushqoq  (gipkiy) 

adaptatsiya  qilishga  yо‗l  bermaydi:  texnologik,  analitik  va  ishlab  chiqarishni, 

ma‘lumotlarni  ishlov  beruvchi  kerakli  protseduralarni,  har  bir  ishchi  о‗rin  funksiyasi  va 



 

konkret  foydalanuvchi  texnologiyasini  interfeysini  ta‘minlashni  yetarli  darajada  chuqur 



hisobga  ololmaydi.  Bu  masalalarni  yechishda  tizimni  tо‗ldirish  uchun  kо‗p  mehnat  talab 

qilinadi.  Shunday  qilib,  material  va  vaqt  xarajatlari  buyurtmachining  rejalashtirgan 

kо‗rsatkichlaridan tizimni qо‗llashgacha kо‗proq sarflanishga olib keladi. 

Statistik ma‘lumotlarga kо‗ra, Standish Group (AQSH) yiqqan, 8380 loyihadan, 1994 

yilda  AQShda  tashhiz  qilinganda,  30  loyiha  muvaffaqiyatsiz  bо‗ldi,  umumiy  xarajat  80 

milliard  dollardan  oshib  ketdi.  Bunda  16%  loyiha  о‗z  vaqtda  bajarilgan  holos,  byudjetda 

rejalashtirilganga qaraganda 189% harajat kо‗p bо‗ldi. 

Shu  vaqtda,  AT  buyurtmachilari,  korporativ  ma‘lumotlarni  о‗z  faoliyatining 

boshqarish  va  rejalashtirishni  ta‘minlash  maqsadida,  yana  kо‗proq  talablarni  qо‗ya 

boshlashdi. 

Shunday qilib, axborot tizimlarini qurishning yangi uslublarini zaruratini yaratdi. 

Maqsad AT loyihalashning reglamentatsiyasi uslubi shundayki, boshqaruv jarayonini, 

AT  talablarini  bajarilishini  kafolatli,  shuningdek  ishlab  chiqish  jarayonini  tavsiflanishini 

ta‘minlashdir.  Asosiy  maqsad,  ularni  yechimi  korporativ  AT  loyihalash  uslubiga  mos 

kelishi kerak: 

- korporativ AT yaratishni ta‘minlash, tashkil etishning maqsad va vazifalariga javob 

berishi,  shuningdek  ishbilarmon  buyurtmachi  jarayonlarini  avtomatlashtirish  talablariga 

mos kelishi; 

-  tizimni  yaratishga  kafolat  о‗rnatilgan  loyiha  byudjeti  doirasida  va  berilgan  vaqtda 

sifatli bо‗lishi kerak; 

- bilimli rahbar yо‗lboshchiligida tizimni rivojlantirish va imkonini oshirishga; 

-  yaratilayotgan  AT  da  mavjud  axborot  tashkilot  infrastrukturasida  ishlab  chiqish 

doimiyligini ta‘minlash. 

Uslubni  qо‗llanishi  AT  yaratish  jarayoni,  jarayonni  tо‗liq  va  aniq  bayon  qilish 

hisobiga, shuningdek zamonaviy metod va texnologiyalarni AT yaratishning AT ni butun 

hayot  siklida  –  fikrlashdan  tortib  tatbiq  etilgunga  qadar  murakkabliklarini  kamaytirishga 

xizmat kilishi kerak. 

AT loyihalash uch asosiy sohani о‗z ichiga oladi: 

- ma‘lumotlar obyektini loyihalash, ular ma‘lumotlar bazasida tatbiq etiladi; 

-  dasturni  loyihalash,  ekran  shakli,  hisobot,  ular  ma‘lumotlarga  bо‗lgan  sо‗rovni 

ta‘minlaydi; 

-  konkret  muhit  yoki  texnologiyani  hisoblash,  ya‘ni  tarmoq  topologiyasi,  apparat 

vosita  konfiguratsiyasi,  arxitektura  foydalaniladigan  (  fayl-server  yoki  mijoz-server), 

parallel ishlov berish, tarqalgan ma‘lumotlarga ishlov berish va hokazo. 

Axborot  tizimini  loyihalash  doimo  loyiha  maqsadini  aniqlashdan  boshlanadi. 

Umumiy  holda  loyihaning  maqsadi  bir-biriga  bog‗liq  masalalarni  yechishni  aniqlash, 

tizimni  ishga  tushirishdan  boshlab  undan  foydalanish  davrida  ta‘minlashni  о‗z  ichiga 

oladi: 



 

10 


- tizimning funksionalligi talab qilinadi va ishlatish davomida о‗zgarish sharoitlariga 

moslashish; 

- talab qilingan tizimni о‗tkazuvchilik imkoniyati; 

- talab qilingan vaqtda tizimni sо‗rovga reaksiyasi; 

- tizimni tо‗xtamay ishlashi; 

- zaruriy darajadagi xavfsizlik; 

- foydalanishning soddaligi va tizimni qо‗llab-quvvatlashi. 

Zamonaviy  uslubga  asosan,  AT  yaratish  jarayoni  qurish  va  AT  hayot  sikli  (HS) 

bosqichlari ketma-ket davom etadi. HS ning har bir bosqichida tashkilot xususiyatiga mos 

model  yaratiladi,  AT  bо‗lgan  talab,  AT  loyihasi,  ilovaga  bо‗lgan  talab  va  hokazo. 

Modellar loyiha  ishchi guruh  jamoasi shakllantiradi.  Modellarni  yaratish,  ularni nazorati, 

jamoa  foydalanishiga  о‗tkazish  va  topshirish  maxsus  CASE-vosita  dastur  ishlatish  orqali 

amalga oshiriladi. 

AT  ni  yaratish  jarayoni  bir  qator  bosqichlarga  bо‗linadi  va  ba‘zi  vaqt  doirasi  bilan 

chegaralangan  va  konkret  mahsulotni  chiqarish  bilan  tugallanadi  (modellar,  dasturiy 

mahsulot, hujjatlar va hokazo). 

Odatda  quyidagi  AT  yaratish  bosqichlari  belgilanadi:  tizimga  talablar  shakllanishi, 

loyihalash, tatbiq etish, test olish, harakatga keltirish, foydalanish va kuzatish [1, 2]. 

AT yaratishning boshlang‗ich bosqichi, tashkilotda bajariladigan va uning maqsad va 

masalalarini  tatbiq  etadigan  biznes-jarayonni  modellash  hisoblanadi.  Tashkilot  modeli, 

biznes-jarayon terminida bayon qilingan, qolgan talablarni shakllantirishga imkon beradi. 

Bu  obyektivlikni  ta‘minlashda  tizimni  loyihalash  uchun  talablarni  ishlab  chiqishda 

metodologiyaning  fundamentalligidir.  AT  talablarining  modellar  tо‗plami  bayoni 

keyinchalik,  konseptual  AT  loyihasini  bayon  qiluvchi,  tizimning  modeliga  о‗tadi.  AT 

arxitekturasi  modeli  shakllanadi.  Keyin  dasturiy  ta‘minot  (DT)  arxitekturasi  va  axborot 

ta‘minoti shakllanadi, korporativ MB ajratiladi va alohida ilovalar, ilovalar uchun talablar 

modeli va ularni ishlab chiqishga olib kelinadi, test olish va integratsiya shakllanadi. 

AT yaratishning bashlang‗ich maqsadi, tashkilotning faoliyatini tahlil qilish stadiyasi 

bajariladi,  ya‘ni  bunda  AT  shakllanishi  uchun  talablarni  ishlab  chiqish,  buyurtmachi 

tashkilotining  maqsad  va  masalalarini  tо‗g‗ri  va  aniq  akslantirishi  kerak.  Tashkilot 

talablariga javob bera oladigan AT yaratish jarayonini tasniflash uchun, bu talablar kanday 

yakunlanishini tushuntirish va aniq ifodalash zarur bо‗ladi. 

AT  ga  bо‗lgan  talabni  shakllantirish  masalasi  juda  muhim  bо‗lib,  chunki  u  qiyin 

shakllanadigan  va  qimmat  hamda  xatolikka  yо‗l  qо‗yilganda  uni  bartaraf  etish  uchun 

murakkab  bо‗lgan  masalalardan  biridir.  Zamonaviy  instrumental  vositalar  va  dasturiy 

maxsulotlar  AT  ni  tayyor  talablar  bо‗yicha  yetarlicha  tezkorlik  bilan  yaratish  imkonini 

beradi.  Lekin,  kо‗pgina  holatlarda  bu  sistemalar  buyurtmachini  qoniqtirmaydi,  kо‗plab 

tо‗ldirishlarni talab qiladi va AT ning faktik narxini keskin kо‗tarilib ketishiga olib keladi. 

Buning  asosiy  sababi  tahlil  vaqtida  AT  ga  bо‗lgan  talabni    notо‗g‗ri,  noaniq  va  tо‗liq 

bо‗lmagan holda aniqlanishi bо‗lib hisoblanadi.  




 

11 


Loyihalashtirish  bosqichida  eng  avval  ma‘lumotlar  modeli  tashkil  qilinadi. 

Loyihachilar  boshlang‗ich  axborot  sifatida  tahlil  natijalarini  olishadi.  Ma‘lumotlarning 

mantiqiy  va  fizik  modellarini  qurish  ma‘lumotlar  bazasini  loyihalashning  asosiy  qismi 

bо‗lib  hisoblanadi.  Tahlillar  jarayonida  olingan  axboraivy  model  avval  ma‘lumotlarning 

mantiqiy modeliga, sо‗ngra esa fizik modeliga aylantiriladi.  

Ma‘lumotlar bazasining sxemasini loyihalash bilan parallel ravishda AT ning barcha 

modullarining tasnifini olish uchun jarayonlarni loyihalash ham bajariladi. Loyihalashning 

bu  ikkala  jarayoni  ham  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Jarayonlarni  loyihalashning 

bosh  maqsadi  AT  modullarida  tahlil  bosqichida  olingan  funksiyani  tasvirlashdan  iborat. 

Modullarni  loyihalashda  dastur  interfeysi  aniqlanadi:  menyuning  joylashishi,  oyna 

kо‗rinishi va h.k. 

Loyihalashning yakuniy mahsuloti bо‗lib quyidagilar hisoblanadi: 

-  ma‘lumotlar  bazasining  sxemasi  (tahlil  bosqichida  ishlab  chiqilgan  ER-modeliga 

asoslangan); 

- tizim modullarining tasniflari tо‗plami (ular funksiya modellari bazasida quriladi). 

Undan  tashqari  loyihalash  bosqichida  operatsion  tizim  va  platforma  tanlovini  о‗z 

ichiga oluvchi AT arxitekturasini ishlab chiqishni ham amalga oshiradi. 

Bir  turli  bо‗lmagan  AT  da  har  xil  operatsion  tizim  yordamida  boshqariluvchi  bir 

nechta  har  xil  apparatli  platformalarda  kompyuterlar  ishlashi  mumkin.  Bundan  tashqari 

platforma tanlovi loyihalash boshqaruvida arxitekturani quyidagi tavsiflari aniqlanadi: 

- bu arxitektura ―fayl-server‖ yoki ―mijoz-server‖ bо‗ladimi; 

-  bu  arxitektura  3-darajali  quyidagi  qatlamli  bо‗ladimi:  server,  oraliq  qatlamli  DT 

(ilova serveri), mijoz DT; 

-  ma‘lumotlar  bazasi  markaziy  yoki  tarqatmali  bо‗ladimi.  Agar  ma‘lumotlar  bazasi 

tarqatmali  bо‗lsa,  u  holda  qо‗llab-quvvatlash  mexanizmlaridan  qaysi  biri  foydalaniladi: 

ma‘lumotlarni keluvchanligi yoki aktualligi; 

-  ma‘lumotlar  bazasi  bir  turli  bо‗lsa,  ya‘ni  barcha  ma‘lumotlar  serverlari  bittagina 

ishlab  chiqaruvchining  mahsuloti  bо‗lsa  (barcha  serverlar  oracle  yoki  barcha  serverlar 

faqat  DB2  (Data  Base-ma‘lumotlar  ombori)  va  UDB).  Agar  ma‘lumotlar  bazasi  bir  turli 

bо‗lmasa,  u  holda  qanday  dasturiy  ta‘minot  (DT)  har  xil  tashkilotlarda  ishlab  chiqilgan 

MBBT  (ma‘lumotlar  bazalarini  boshqarish  tizimlari)  larda  ma‘lumotlar  almashinishi 

uchun qо‗llaniladi. Talab etilgan ishlab chiqarishni ta‘minlash uchun ma‘lumotlar bazasini 

parallel serverlari (oracle parallel server, DB2, UDB) foydalaniladimi. 

Loyihalash bosqichi AT texnik loyihasini ishlab chiqish bilan tugallanadi.  

Sinash  bosqichida  tizimni  DT  i,  texnikaviy  qurilmalarni  о‗rnatish,  foydalanish 

hujjatlarini yaratish kabilar amalga oshiriladi.  

Testlash (birma-bir sinash) bosiqichi odatda vaqt bо‗yicha tarqalgan bо‗ladi.  

Alohida  bir  modulni  yaratish  tugallanganda  quyidagi  ikki  maqsadni  kо‗zlovchi 

avtonom test о‗tkaziladi: 

- moduldagi tо‗xtalish (jiddiy xatolik) kuzatilishi; 




 

12 


-  modul  maxsusliklariga  mosligi  (barcha  zaruriy  funksiyalar  mavjudligi,  ortiqcha 

funksiyalarning yо‗qligi). 

Avtonom test muvaffaqqiyatli о‗tgandan keyin u tizimning ishlab chiqilgan qismiga 

qо‗shiladi va  ishlab chiqilgan modullar guruhi aloqa testidan о‗tadi. 

Ulardan  keyin  modullar  guruhi  ishining  mukamalligiga  testlantiriladi,  ya‘ni, 

birinchidan  tizim  tо‗xtalishlarini  moslovchi  testlar,  ikkinchidan  tо‗xtalishlarga  javoblar 

tekshiriladi.  Birinchi  guruh  testlar  dasturiy  ta‘minot  tо‗xtalishdan  keyin  qanday 

tiklanishini  hamda  apparatli  ta‘minot  tо‗xtalishini  aniqlaydi.  Ikkinchi  guruh  testlari  esa 

ishlash  davomida  tizimni  turg‗unligini  aniqlaydi  va  tizimni  tо‗xtalishsiz  ishlash  vaqtini 

baholab beradi. Turg‗unlik testlarining kopmlektiga tizimga eng yuqori kuch qо‗yilganida 

ham moslashtiruvchi testlar kiritiladi.  

Undan  keyin  modullarning  barcha  komplekti  tizimli  testdan  о‗tadi,  ya‘ni  mahsulot 

mahsulotni sifat darajasini kо‗rsatuvchi ichki qabul testidan о‗tadi.  

Modullarning  barcha  tо‗plamlari  tizimli  testdan  о‗tadi,  ya‘ni  mahsulotning  sifat 

darajasini  kо‗rsatuvchi  ichki  qabul  test.  Bu  yerga  tizimning  fuksionalligi  va  ishonchliligi 

testlari kiradi.  

AT  ning  sо‗nggi  testi  –  topshiruv-oldi  sinovi.  Bunday  test  AT  buyurtmachiga 

kо‗rsatishdan  iborat  va  barcha  testlar  guruhlarini  о‗z  ichiga  oladi.  Shu  bilan  ishlab 

chiqilgan mahsulot buyurtmachining barcha talablariga mosligi aniqlanadi. 

AT  yaratilish  jarayonini  bunday  tekshirilishini  zaruriy  barcha  maqsadlar  amalga 

oshirilganligi va turli cheklovlarga mosligini kafolatlab, bu sohaga dasturchi muhandislar 

usul  va  ta‘minotlarini  (tarkibiy  tahlil,  obyektga  yо‗naltirilgan  modellashtirish,  CASE-

tizim) keng qо‗llanishga olib keldi. 

 

 



 


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling