Ахборот тизимларини лойиҳалаш


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/48
Sana08.01.2022
Hajmi1.24 Mb.
#242361
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.

Qismlar diagrammasi – bu tizim ostilari tartibi modeli bu ma‘lumotlar bazasini fizik 

joylashishi, ilovalar va AT interfeys (aloqalarini ) ifodalaydi. 



Rivojlantirish  diagrammasi  –  bu  tizim  arxitekturasi  fizik  modeli  bо‗lib,  u  AT  ni 

qurilmaviy (apparatli) tuzilishini ifodalaydi.  



Biznes hodisaviy modeli – bu tashqi foydalanuvchi nuqtai-nazarida biznes jarayonni, 

ya‘ni  tashqaridan  tashkilot  faoliyatiga  qarashni  ifodalaydi.  Tizimni  loyihalash,  tashkilot 

biznes  faoliyatini  modellashtirish  va  о‗rganishdan  boshlanadi.  Bu  bosqichda  obyektga 

yо‗naltirilgan yondashishga xos bо‗lgan  bir nechta tushunchalar modelga kiritiladi:  

- bajaruvchi  –  AT  bilan  aloqa  qiluvchi  tashkilot  yoki  tizim  shaxsi  tashqi  va  ichki 

bajaruvchilar  farq  qiladi.  Diagrammada  bajaruvchi,  insonni  belgilovchi  shakl  bilan  bilan 

beriladi.  

- voqea  (hodisa)  tugatilgan  harakatlar  ketma-ketligi  diagrammada  harakat,  ma‘nosi 

ichida yozilgan  ellips orqali ifodalanadi.  

- sinf – bu о‗zaro ma‘nosi (semantika), aloqasi, amallari va turlari bо‗yicha bir jinsli 

obyektlar tо‗plami. Diagrammada tо‗g‗ri tо‗rtburchak orqali ifodalaniladi.  

- uyushma  model  ikki  elementi  orasidagi  aloqa.  Diagrammada  chiziq  orqali 

ifodalaniladi. 

- umumlashma – bu ham modelning shunday ikki elementi orasidagi aloqaki, undagi 

bir  element  boshqasining  xususiy  kо‗rinishi  bо‗ladi.  Diagrammada  strelka  orqali 

belgilanadi. 

-  agregatsiya  (bir  turlilik)  –  bu  ham  modelning  ikki  elementi  orasidagi  shunday 

aloqaki,  unda  bir  element  ikkinchising  qismidan  iboratdir.  Diagrammada  rombsimon 

tugallangan strelka orqali ifodalaniladi. 

AT  loyihalashning  keyingi  bosqichi  tashkilot  ichki  bajaruvchilari  uchun    biznes 

jarayon  amalga  oshirilganligini  kо‗rsatuvchi  biznes  obyekt  modelini  ishlab  chiqishdan 

iborat. 


Biznes-obyekt modellarining asosiy komponentalari ichki va tashqi bajaruvchilardan 

iborat. Biznes-jarayoni amalga oshirish uchun ichki bajaruvchilarning barcha foydalangan 

narsalarini  ifoda  etuvchi  biznes –  mohiyat  ham  shunga  kiradi.  Biznes-obyekt  modelining 

«Talabga javob» hodisasiga (voqeasiga) misol 8.1-rasmda keltirilgan. 

 

 

 



8.1-rasm. «Talabga javob» voqeasi uchun biznes-obyekt modeli. 

 



 

79 


Bu  diagrammada,  ya‘ni  yangi  talabni  jо‗natuvchi  xarajatlardagi  shaxs  paydo  bо‗ldi. 

Aslida kasal holatini sо‗rash uchun bu tizimga qо‗yiladign shaxs murojaat qilishi mumkin: 

yurist, sug‗urta kompaniyasi, texnika ishlatuvchilar va kasalning о‗zi ham. Shunday qilib 

«talabni jо‗natuvchi» tushunchasi harakatidagi bu shaxslarni umumlashgan vakili sifatida 

voqeasini  (hodisa)  tavsislash  uchun  foydalaniladi.  Biznes  jarayonni  bajarilishini 

tavsislashda  kо‗p  hollarda  ketma-ketlik  diagrammasi  foydalaniladi.  Ketma-ketlik 

diagrammasi  asosiy  element-lari  sifatida:  obyektning  belgisini  kо‗rsatuvchi  tо‗g‗ri 

tо‗rtburchak,  vertikal  tо‗g‗ri  chiziqlar  esa  obyekt  faoliyatini  vaqt  bо‗yicha  oqimini 

kо‗rsatadi va obyekt harakatini kо‗rsatuvchi strelkalardan foydalaniladi. 

 

 



 

 

 



Bu  bosqich  natijasida  buyurtmachi  bilan  kelishilganlik  va  korxona  mutaxassislari 

harakatlarini  ularning  vazifalari  tо‗la  bajarilishi  uchun  zarur  bо‗lgan  batafsil  tavsifidan 

iborat bо‗ladi.  

Biznes 


modellashtirish 

bosqichida 

aniqlangan 

axborotlar 

asosida 

ishlab 


chiqarilayotgan  tizimda  foydalanuvchi  ma‘lumotlari  haqidagi  fikrlar  modeli  ishlab 

chiqariladi.  8.2-rasmda  kasalxona  yozuvlari  uchun  ma‘lumotlar    modeli  sinflar 

diagrammasi sifatida keltirilgan.  

 



 

80 


 

8.2-rasm 

 

Bu  model  shuni  kо‗rsatadiki,  kasalxona  yozuvlari  bir  nechta  bloklarni  о‗z  ichiga 



oladi.    Bu  rasmda  minimal  ma‘lumotlar  tо‗plami  va  davolash  rejasi  har  bir  kasalxona 

yozuvi uchun yagona nusxada qо‗yilishi mumkin, lekin «tahlil natijalari»,  «vrach tavsifi», 

«davolashni borishi» bloklari bir necha marta takrorlanishi mumkin. 

«Arxiv»  esa  bir  nechta  kasalxonalar  yozuvlari  tо‗plamida  yoki  bosh  tо‗plamdan 

iborat  bо‗lishi  mumkin.  Aslida  kasal  boshqa  tashkilotlarda  avvalroq  davolangan  bо‗lishi 

ham  mumkin.  Yoki  markazda  bir  necha  marta  davolangan  bо‗lishi  mumkin.  Bu  hollarda 

yana qо‗shimcha quyidagicha kasalxona yozuvlari paydo bо‗ladi: tashqi, eski ichki, yangi 

ichki.  Bu  bosqich  biznes  modelllashtirish  tadbiri  bilan  yakunlanib  tizim  yaratish  uchun 

zarur  bо‗lgan  axborotni  loyihalashtiruvchilar  jamoasi  uchun  yagona  shaklda  yaratish 

imkonini beradi.  

Ishlab  chiqilgan diagrammalar  ma‘lumotlar  bazasini  loyihalash  uchun    boshlang‗ich 

nuqta sifatida bо‗lib, tizim ilovasi sifatida tizim ustida, uni  ishlab chiquvchilarni keyingi 

ishlari  uchun  va  biznes  analitiklar  uchun  esa  о‗zaro  kelishuvchanlikni  ta‘minlaydi.    Bu 

diagrammalar  keyingi  loyihalashtiruvchilar  uchun  о‗zgartirish  imkonini  beradi,  lekin  bu 

о‗zgartirishlar barcha ishlab chiqaruvchilar uchun boshlang‗ich bir xil formatda bо‗lib shu 

bilan keyingi modellarda ham о‗z aksini avtomatik holda topgan bо‗ladi.  

Talablarni  rasmiylashtirish  bosqichida  eng  avvalo  ishlab  chiqiladigan  tizim  tadbiq 

doirasini  aniqlash  zarur  va  tizimni  hoxlagan  imkoniyatlari  haqida  aniq  tasavvurga  ega 

bо‗lish kerak. Talablar ishlab chiqishning asosi bо‗lib AT dan foydalangandagi tashqi va 

ichki  bajaruvchilarning  aniq  majburiyatlarini  ifodalovchi  voqealar  tizimlari  modeli 

hisoblanadi.  

Voqealar  tizimlari  modelini  yaratish  uchun  ma‘lumotlar  bо‗lib  avvalgi  bosqichda 

ishlab  chiqilgan  biznes  modeli  hisoblanadi.  Lekin  model  yaratishda  foydalaniladigan 

ma‘lumotlar  aniqlanishini  о‗z  ichiga  oluvchi  va  ularni  bajarilishini  aniq  ketma-ketligini 

ifodalovchi,  voqealar  modelini  aniq  tavsiflarini  avvaldan  tuzib  olish  foydalidir.  Bu 



 

81 


tavsiflar  tashkilotda  qabul  qilingan  shablonga  mos  holda  amalga  oshiriladi  va  kо‗p 

hollarda ular quyidagi bо‗limlardan iborat bо‗ladi:  

- sarlavha  (hodisa  ismi,  bajarilishi  uchun  javobgar,  shablonni  ishlab  chiqish  sanasi, 

о‗zgartirishlar о‗tkazish); 

- hodisaning qiskacha tavsifi; 

- chegaralanishlar; 

- sо‗z boshi (voqea amalga oshishi uchun zaruriy shart va tizim holati); 

- fikrlar; 

- harakatning asosiy ketma-ketligi; 

- harakat ketma-ketligining boshqa kо‗rinishlari va ularning yaratilish shartlari; 

- kengaytirish shartlari va hodisalar kiritish. 

Bosqichning asosiy masalalari quyidagilar: 

- barcha biznes talablarga javob beruvchi tizim loyihasini aniqlash; 

- ishlab chiquvchi barcha jamoalarga  umumiy dastlabki loyiha ishlab chiqish. 

Tizim voqealar modeli asosida quriladigan sinf tizimi - bu bosqichning asosiy quroli 

hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  bu  bosqichda  sinflar  diagrammasi  va  obyektlar  orasida 

о‗zgartirishga  olib  keluvchi  ba‘zi  voqealarni  bajarilishi  ketma-ketligi  diagrammasiga 

aniqliklar  kiritadi.  Sinf  diagrammasi  tizimi  voqealar  tizimi  voqealar  (hodisa)  tizimi 

modelidagi  obyektlar  bilan  tо‗ldiriladi.  Ular  esa  bu  obyektlarni  sinf  sifatida  tavsifini  о‗z 

ichida  saqlaydi.  Shunday  qilib,  loyihalashning  bu  bosqichida  ilova  va  ma‘lumotlar 

bazasida foydalanishi zarur bо‗lgan axborotlarning hamda loyihalanuvchi tizim vazifalari 

va qismlari tо‗plamini yetarlicha  mukammal tavsifi hosil bо‗ladi. 

Bu  bosqichda  avval  hosil  qilingan  sinflar  modeli  elementlari,  ilova  va  ma‘lumotlar 

bazasi modellari elementlarida о‗z aksini topadi: 

- sinflar jadvallarda aks etadi; 

- belgilar ustunlarda; 

- namunalar (tiplar) – SUBD da foydalaniladigan ma‘lumotlar namunalarida; 

- uyushma jadvallar  orasidagi bog‗lanishda; 

- ilova  belgilari  va  usullari  bilan  о‗zaro  bazadagi  muammolar  bilan  bog‗langan  va 

tо‗la  aniqlangan  ba‘zi  bir  sinflar.  Yagona mantiqiy  model  asosida  ma‘lumotlar  bazasi  va 

ilova  modellari  qurilgani  uchun  avtomat  ravishda  bu  loyihalarni  о‗zaro  bog‗liqligini 

ta‘minlaydi. 

Diagrammani  quyidagi  asosiy  komponentalarini  о‗z  ichiga  oluvchi    UML  ning 

maxsus bir turidan foydalangan holda ma‘lumotlar bazasi loyihasi ishlab chiqiladi: 

- jadval – bu aniq bir obyekt uchun ma‘lumotlar bazasi yozuvlari; 

- ustun – jadval elementi, jadvalning biror xossasi tо‗plami bо‗yicha qiymatlarni о‗z 

ichiga oladi; 

- boshlang‗ich kalit – jadvalning yо‗lak bо‗yicha xossasini bir qiymatli belgilaydi;  

- tashqi kalit – biror jadvalni bir yoki bir necha belgilari xossalariki, u boshqa jadvalni 

boshlang‗ich kaliti sifatida foydalanilishi mumkin; 




 

82 


- majburiy aloqa – ikki jadval orasidagi aloqa;  

- majbur  bо‗lmagan  aloqa  –  о‗zaro  aloqador  bо‗lmagan  holda  mavjud  bо‗lgan 

jadvallar orasidagi aloqa; 

- tasavvur  qilish  –  ma‘lumotlar  bazasida  doimo  saqlanmay  oddiy  jadvalning  barcha 

xossasiga ega bо‗lgan jadval; 

- saqlanadigan  amal  –  server  ichida  ma‘lumotlarni  qayta  ishlashni  bajara-digan 

vazifalar;  

- domen – jadval yо‗llari uchun mumkin bо‗lgan qiymatlar tо‗plami. 

Tizimni  fizik  tashkil  qilishni  loyihalash  bosqichida  ma‘lumotlar  bazasi,  ilovalar  va 

qо‗shimcha  belgilashlar  bilan  tо‗ldiriladi  va  ularni  ishlab  chiqarilayotgan  tizimni  texnik 

qurilmalariga  joylashtiriladi.  Bu  bosqichda  foydalaniladigan  asosiy  tushunchalar 

quyidagildardan iborat: 

- komponent – tizimning mustaqil fizik modulidir; 

- bog‗liqlik  –  bir  elementdagi  о‗zgarish  ikkinchi  elementga  ham  о‗zgarish 

chaqiruvchi ikki element orasidagi aloqa; 

- qurilma – ma‘lumotni qayta ishlamaydigan uzel (bо‗lim);  

- protsessor – ma‘lumotni qayta ishlovchi bо‗lim;  

- birlashtirish – protsessor va qurilma  orasidagi aloqa. 

Yoyilish  diagrammasi  yagona  bir  ma‘noda  tizimning  har  xil  komponentalarini 

izohlash  imkonini  beradi  va  ularni  texnik  ta‘minoti  majmuasi  bо‗yicha  tarqatilishini 

kо‗rsatadi. Shunday qilib, murakkab AT ni loyihalashda uni bir nechta qismlarga bо‗lib, 

keyin ularning har biri alohida о‗rganilib,  ular uchun alohida tizimlar yaratiladi. 

 

 

О„zlashtirish uchun topshiriqlar: 



1. Holat diagrammasi nima? 

2. Faoliyat diagrammasi nima? 

3. Tarkiblar diagrammasi nima? 

4. UML tilida qо‗llaniladigan qanday diagramma turlarini bilasiz? 

5. Loyihalash bosqichidagi asosiy tushunchalar qaysilar? 

6. UML ning diagrammalaridagi asosiy komponentalar haqida nimalar  



    bilasiz? 

 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling