Ахборот тизимларини лойиҳалаш


Axborot tizimlarining funksional sohasini tatbiqlashtirishning


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana08.01.2022
Hajmi1.24 Mb.
#242361
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash.

Axborot tizimlarining funksional sohasini tatbiqlashtirishning  

tahlili va modellashtirilishi 

 (4 soat) 

 

Reja:  

1. Kompaniya missiyasi; 

2. Kompaniyani biznes modeli; 

3. Kompaniya missiyasini ishlab chiqish; 

4. Kompaniyani tо‗la biznes modeli; 

5. Biznes tashkil qilish shabloni; 

6. Matritsali modellar; 

7. Detallashtirilgan modellar; 

8. Tashkiliy modellashtirishning instrumental vositalari. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Raul  Sidnei  Wazlawick.  Object-Oriented  Analysis  and  Design  for  information 

Systems. Modeling with UML, OCL, and IFML. -USA, 2014. -p. 314. 

2.  Shouhong  Wang,  Hai  Wang.  Information  Systems  Analysis  and  Design.  -USA: 

Universal-publishers, 2012. -p.263. 

3. Избачков Ю., Петров В. «Информационные системы» -СПб.: Питер, 2005. 

4.  Матвеев  С.И.  и  др.  «Геоинформационные  системы  и  технологии  на 

железнодорожном транспорта» -М., 2002. 

5.  Проектирование  информацонных  систем:  курс  лекций:  учеб  пособие  для 

студентов вузов, обучающихся по специальностям в области информ. технологий / 



 

35 


В.  И.  Грекул,  Г.  Н.  Денищенко,  Н.  Л.  Коровкина.  -М.:  Интернет  Ун-т  Информ. 

Технологий, 2005. -304 с.: ил. 

6. Гвоздева В. А., Лаврентьева И. Ю. Основы построения автоматизированных 

информационных систем. Учебник. -М.: ИД «ФОРУМ» ИНФРА-М, 2007. -320 с.: ил. 

7.  Смирнова  Г.Н.  Проектирование  экономических  информационных  систем: 

Учебник / Г.Н. Смирнова, А. А. Сорокин, Ю. Ф. Тельнов; Под ред. Ю. Ф. Тельнова. -

М.: Финансы и статистика, 2003. -512 с.: ил. 

8.  Вендров  А.М.  Case-технологии.  Современные  методы  и    средства 

проектирования информационных систем.  –М.: Финансы и статистика, 1998. 

9. К. Дейт. Введение в системы баз данных. 7-е изд. -М.: СПб.: Вильямс, 2000. 

10. Буч Г., Рамбо Д., Джекобсон А. Язык UML: руководство пользователя. -М.: 

ДМК, 2000. 

11. Internet saytlar: 

www.wessex.ac.uk

 , 

www.miit-inf.ru



www.rgotupc.ru

,  

www.liigt-inf.ru



 va hokazo. 

 

 



Tashkiliy  tahlil  о‗tkazishning  birinchi  usullarini  hayot  taqozo  qildi,  lekin  eng  kо‗p 

tarqalgani muhandislik yondashishdir. Bunday yondashishda kompaniya tashkiliy tahlilini 

kompaniya  tо‗la  biznes  yordamida  ma‘lum  bir  sxemadan  foydalangan  holda  о‗tkaziladi. 

Ichki  tizimosti  (sex,  brigada)  va  tashqi  tizimosti  (bozor,  davlat  tashkilotlari)  ochiq 

iyerarxik  (tartibli)  tо‗plamiga  tegishli  kompaniya  butun,  ochiq,  iqtisodiy-ijtimoiy  tizim 

sifatida qaraladi. Kompaniya imkoniyati uning tashkiliy qismlarining tavsiflari va ularning 

о‗zaro  bog‗liqligini  tashkilllanishi  orqali  aniqlanadi.  4.1-rasmda  kо‗rsatilganidek,  biznes 

modelni  qurish  yagonalik  qonuniga  asoslangan  va  qarama-qarshiliklar  bilan  kurash 

modellarini tavsiflashdan, ya‘ni kompaniya vazifalarini aniqlashdan boshlanadi. 

 

 



4.1-rasm 


 

36 


 

Vazifa - bu [ISO-15704] ga asosan: 

- buyurtmachiga  mahsulot  yoki  xizmat  yetkazishdir,  u  esa  tasdiqlangan  holdagi 

vazifani bajarish uchun korxona tomonidan bajariladigan faoliyatdir. 

- korxona о‗z maqsad va vazifalarini amalga oshiradigan mexanizmdir. 

Kompaniya  vazifasini  bajarish  ijtimoiy-zarur  hoxishlarini  bajarish  bо‗yicha 

kompaniya  va  bozor  foydalari  kompromissiyasi  sifatida  aniqlanadi.  Bu  holda  missiya 

(vazifa)  ochiq  tizim  belgi  (atribut)  si    sifatida,  bir  tomondan  bozor  sharoitidan  va 

kompaniya  boshqa  tashkilotlarga  nisbatan  qaramligi  va  uni  subektiv  baholanishidan  va 

prinsiplardan  iborat.  Vazifa  -  bu  kompaniyani  qandaydir  о‗lchovga  intilishini  va  xususiy 

holda  kompaniyaning  bozor  talabini  aniqlaydi.  Vazifaning  ta‘rifi  kompaniya  maqsadini 

detallashtirish va aniqlashning tartiblashgan rо‗yxati tuzish imkonini beradi.  

Maqsad  daraxti  strategiya  daraxtini  tashkil  etib,  u  rо‗yxatni  aniqlashtirish  tartibi  va 

maqsadga  erishishni  maydalab  kо‗rsatadi.  Bu  holda  umumlashgan  ma‘noda  biznesni 

umumlashtirish va mablag‗ni sarflashning о‗tish san‘ati ishlab chiqiladi. Biznes – maqsad 

bloki  siljish  va  maqsadni  maydalashni  va  shu  bilan  birga,  raqobatli  va  hosilaviy 

bizneslarni belgilaydi. Imkoniyatli maqsad - bu moliyaviy, insoniy, xom-ashyoviy hamda 

axborotlar imkoniyatlarini maqsadga yо‗naltirishni aniqlaydi. Umumlashgan maqsad - bu 

boshqarish komponentlarini tashkil etish san‘ati va mahsulot hayoti davriyligini aniqlaydi 

va shu bilan bir qatorda, hamkorlik munosabati predmeti va talab aniqlashtiriladi. Bu esa 

buyurtmachiga  zaruriy  mahsulotni  talab  etilgan  sifatda,  kerakli  vaqtda,  arzon  bahoda 

ta‘minlash  imkonini  beradi.  Bu  esa  kompaniyani  hamkorlar  zanjirida  eng  optimal  joy 

egallashi  imonini  beradi.  Bulardan  keyin  sotish  kanallari  maxsusliklaridan,  tashkiliy 

shakllanishi  haqida  boshlang‗ich  fikrlari  hosil  bо‗la  boshlaydi  va  tovarlar  rо‗yxatlarini 

ishlab chiqarish uchun zarur bо‗lgan asosiy imkoniyatni tushunish kelib chiqadi.  

Biznes  imkoniyat,  kompaniyaning  vazifalarini  belgilaydiki,  uning  biznes  –  vazifa 

rо‗yxati,  menejment  vazifasi  va  ta‘minot  vazifasini  belgilaydi.  Bu  esa  kompaniyani 

kо‗rsatilgan oldi-sotdi faoliyatini bir xil asosda ushlash uchun zarurdir. Bulardan tashqari 

kompaniya  imkoniyati  (axborotli,  insoniy,  moddiy)  va  tashkiliy  imkoniyati  ham 

aniqlanadi.  Biznes  imkoniyat  va  kompaniya  vazifalarini  turli  menejmentini  javobgarlik 

sohasini matritsa proyeksiyasi yordamida kо‗rish imkoniyatini beradi. 

Matritsa proyeksiyasi (soyaviy  matritsa) – bu klassifikatorlar yoki ularning ihtiyoriy 

kombinatsiyalari  orasidagi  о‗zaro  munosabat  tizimi  bо‗lib,  u  matritsa  kо‗rinishida 

ifodalangan modeldir. 

Oldi-sotdi  javobgarlik  matritsasi  kompaniyada  oldi-sotdi  faoliyatini  amalga  oshirish 

uning  bо‗limlardan  foyda  olishdagi  javobgarligini  mustahkamlaydi.  Uning  keyingi 

faoliyati  kompaniyani  moliyaviy  modelini  qurishni  ta‘minlaydiki,  u  о‗z  navbatida 

byudjetli boshqarish modelini tadbiq etishga olib keladi. Vazifaviy javobgarlik matritsasi 

kommersiya 

jarayonlarini 

amalga 

oshirishda 

tashkiliy 

qismlar 


javobgarligini 

mustahkamlaydi.  Bu  matritsani  yanada  maydalab  qaralsa,  har  bir  shaxsning  vazifasini 




 

37 


aniqlaydiki, bu umumlashganda xuquq, vazifadan  iborat bо‗lib amaldor va instruksiyalari 

paketini  ishlab  chiqarishni  ta‘minlaydi.  Javobgarlik  matritsasining  biznes  potensial  va 

vazifalari  kompaniyani  statistik  tavsifini  beradi.  Bu  holda  kompaniyada  aylanma  holda 

о‗tadigan  jarayonlar  moslashtiriladi,  sinflanadi  va  muhimi  bajaruvchiga  mahkamlanadi. 

Bu  bosqichda  firma  ichidagi  vaqt  sarfi  asosida  yig‗ilgan  va  tan  olingan  biznes 

modellashtirish amalga oshadiki: 

-  kompaniya tashkillanish tashkiliy-vazifaviy holati asosi; 

-  faoliyatning ba‘zi turlari holatlari paketi; 

-  tashkiliy qismlar (sex, bо‗lim, sektor, guruh va h.k.) holatlari paketi; 

-  amallar instruksiyasi; 

-  menejmentlar  javobgarlik  sohalari  chegaralanishi  va  hujjat  bilan  belgilanishi 

hisobiga  kompaniya  faoliyatini  oydinlashtiradi.  Biznes  modelning  keyingi  maydalanishi 

(о‗sishi) jarayon oqim modeli asosida bо‗ladi. Jarayon oqim modeli – bu biror-bir biznes 

vazifa yoki menejment vazifalarini amalga oshirish vaqtida kompaniyadagi axborot oqimi 

va material о‗zgarishlar ketma-ketligini tavsiflovchi jarayondir.  

Boshida  (yuqori  tabaqada)  qatnashchilar  orasidagi  о‗zaro  aloqa  mantiqi  belgilanadi, 

keyin  esa  (quyi  tabaqada)  har  bir  mutaxassis  о‗zini  joyidagi  ishning  texnologiyasi 

tavsiflanadi.  

Tashkiliy biznes modellashtirish – ma‘lumotlar tashkillanish modelini ishlab chiqish 

bilan  tugallanadiki,  unda  kompaniyada  kuzatiluvchi  jarayonlar  hujjatlari    turi  va  sonlari 

aniqlanadi.  Shu  bilan  birga,  mavjud  kompnaniya  komponentlari  va  vazifalarnini  tashqi 

muhit  obyektlarini  tavsiflash  formati  aniqlanadi.  Bu  holda  hisobot  va  zarur  hujjatlar 

paketini hosil qilish asosida spravochniklar tizimi hosil qilinadi. 

Bunday  yondashish  kompaniya  faoliyatini  umumlashgan  boshqarish  registrlar 

tо‗plami yordamida tavsiflashga olib keladi.  

Boshqarish  registri  о‗zini  tashkillanishi  bо‗yicha  tartiblashgan  klassifikatorlardan 

iborat.  Bu  klassifikatorlarni  vazifaviy  guruhlarga  birlashtirib  va  soyaviy  matritsa 

yordamida  har  xil  klassifikator  elementlarini  о‗zaro  bog‗lab  kompaniya  tо‗la  biznes 

modelini hosil qilish mumkin.  

Bu holda kompaniyani jarayon – maqsadli tavsifi amalga oshirilib, uning yordamida 

quyidagi  savollarga  о‗zaro  bog‗langan  javoblarni  olish  mumkin.  Nima  uchun,  nima, 

qayerdan, kim, kimga nechta (4.2-rasm). 

 



 

38 


 

4.2-rasm 

 

Shunday  qilib,  kompaniya  tо‗la  biznes  modeli  –  bu  savollarga  о‗zaro  bog‗langan 



javob  beruvchi  vazifaviy  bog‗langan  axborot  modellarining  tо‗plamidan  iborat.  Nima 

uchun-nima-qayerda-kim-nechta-qachon-kimga (4.3-rasm). 

 

 

4.3-rasm 



 


 

39 


Shunday qilib, tashkiliy tahlil quyidagilarni о‗z ichiga oluvchi kompaniyaning о‗zaro 

bog‗langan modellar majmuasini qurishni tavsiya etadi: 

-  maqsadga  yо‗naltirilgan  strategik  model  (nima  uchun  kompaniya  bu  biznes  bilan 

shug‗ullanadi,  nima  uchun  raqobatdosh  bо‗lishni  hoxlaydi,  qanday  maqsad  va  usullarni 

bunga erishish uchun amalga oshirish kerak kabi savollarga javob beradi). 

-  tashkiliy  vazifaviy  model  (kompaniyada  kim  nima  ish  qiladi  va  kim  nima  uchun 

savollariga javob beradi). 

-    vazifaviy-texnologik  (uslubiy)  model  (kompaniyada  nima  va  qanday  amalga 

oshiriladi savollariga javob beradi). 

- jarayon-boshqarish modeli (kim, nima, qanday, kimga savollariga javob beradi). 

- sanoq modeli (nega imkoniyati savoliga javob beradi). 

-  ma‘lumotlar  tashkillanishi  modeli  (tashqi  о‗rab  turgan  obyektlar  va    kompaniya 

imkoniyatlari qanday kо‗rinishda tavsiflanadi savollariga javob beradi). 

- tavsiya etilgan modellar tо‗plami kompaniya tavsifini tо‗la va aniq belgilash uchun 

zarurligini va loyihalanuvchi  AT uchun talablar tushunchasini ishlab chiqaradi.  

- vazifalar shablonini ishlab chiqarish. 

Yuqorida aytilgandek kompaniya - bu о‗zining mikro va makro aloqalari bilan subekt 

(shaxs)ga  –  yо‗naltirilgan,  о‗zaro  ustma-ust  qо‗yilgan  tartib  (iyerarxiya)  dan  iborat. 

Kompaniya  -  bu  bir  tomondan  bozorning  bir  qismi,  lekin  u  о‗z  manfaati  yо‗lida  kurash 

olib  boruvchidir.  Vazifa  (missiya)  -  bu  bozorning  boshqa  qatnashchilari  orasida 

kompaniyaning  hukm  surish  natijasini  aniqlaydi.  Shuning  uchun,  kompaniya  vazifasini 

uning ichki qurilmasi tahlili orqali belgilab bо‗lmaydi.  

Kompaniyaning tashqi muhit bilan о‗zaro aloqalari modelini tuzish uchun quyidagilar 

zarur: 


- bozorni moslashtirish (tizim usti), chunki kompaniya ham uning qismi hisoblanadi;  

- bozor xususiyatini (talabini) о‗rganish; 

- bozordagi kompaniya egallagan xususiyatiga qarab kompaniya vazifalarini aniqlash. 

Yuqorida aytilgandek vazifa - bu bir tomonadan bozor xaridorlari orasidagi kelishuv, 

boshqa tomondan kompaniya imkoniyati va hoxishlarining bajarilishidir. Kelishuvni izlash 

(4.4-rasm)  shablon orqali amalga oshirilishi mumkin. 

 



 

40 


 

4.4-rasm 

 

Kompaniya vazifalari modelini ishlab chiqarish uchun quyidagilar taklif etiladi:  



- kompaniyaning  raqobatdoshlik  biznesini  ishlab  chiqarish  –  ijtimoiy-iqtisodiy  tizim 

sifatida  kompaniya  xarakteristikalari  (tavsiflari)  tо‗plami.  Masalan:  obyekt  uchun 

о‗zlashtirilgan texnologiyaning mustahkamligi va kompa-niyadagi mavjud imkoniyatlarni 

(moliyaviy,  moddiy  va  axborotli  va  h.k.)  haqiqiyligi.  Shaxs  uchun  –  ilm,  shaxsni  bajara 

olishligi  va  menedjer  tajribasi.  Bular  kompaniya  imkoniyatlari  va  tajribalari 

umumlashganligini va ―bajara olaman‖ deyishni yaratadi. Bozor konyukturasini aniqlash – 

bu  taklif  etilayotgan  tovar  uchun  talabni  sota  olishlik  mavjudligini  aniqlash  yoki  xizmat 

kо‗rsatish  va  bozor  raqobatchilari  orasidagi  savollarga  javob  berishdir.  Bu  esa  bozor 

talabini tushunish va ―kerak‖ tushunchasini rasmiylashni ta‘minlaydi.  

- siyosat  va  iqtisod  sohasidagi  davlat  institutlari  tomonidan  belgilangan  faoliyatlar 

ichidan  tanlab  olinganlari  uchun  aks  ta‘sirlantiruvchi  va  amalga  oshiruvchi  omillarni 

aniqlash. 

- tanlab olingan faoliyat uchun kelajakda rivojlana olish texnologiyasini baxolash. 

- ommaviy tashkilotlarni qо‗llab-quvvatlanishi yoki aks ta‘sirini baholash. 

-  yuqorida  keltirilgan  harakatlar  (choralar)  natijalarini  xuquqiy,  ma‘naviy,  etik  va 

boshqalarni hisobga olib taqqoslash va ―hoxlayman‖ pozitsiyasini rasmiylashtirish.  

- mumkin bо‗lgan sarf va daromadlar imkoniyat darajasini aniqlash.  

4.5-rasmda  keltirilgan  shablon  bо‗yicha  kompaniya  vazifasini  belgilash  va  har 

tomonlama maqbul kompromissga ega bо‗lish darajasini baholash keltirilgan. 

 



 

41 


 

4.5-rasm 

 

Missiya - bu keng ma‘noda boshqa subektlar bilan о‗zaro munosabatlarini 8 ta holat 



kо‗rinishida ifodalangan kompaniya asosiy ishchi konsepsiyasini ifodalaydi: 

-  buyurtmachi о‗z talablarini qanoatlantiradigan qismidan nima oladi; 

-  kim, nima uchun, qanday kompaniya hamkor sifatida qatnasha oladi; 

-  raqobatchilar  bilan  qanday  munosabatda,  nimalar  asosida  ish  olib  borish  tahmin 

qilinadi; 

-  biznesdan aksionerlar va egalari nima oladi; 

-  shaxs kompaniyadan nima oladi; 

-  jamoaviy tashkilotlar bilan kompaniya hoxishlari nimalarda ifodalanadi; 

-  kompaniyaning davlat bilan aloqasi qanday tartibda bо‗ladi; 

-  biznes rasmiylashtirish shabloni. 

Kompaniya  vazifalarini  ishlab  chiqishda  biznes  kompaniya  qanoatlantira  olishiga 

mо‗ljallangan, ijtimoiy talablari ham aniqlab olinadi. 

4.6-rasmdagi  shablon  bо‗yicha  kompaniya  biznes  –  potensiyalar  ishlab  chiqilishi 

mumkin.  

 



 

42 


 

4.6-rasm 

 

Bu  bilan  asosiy  mahsulot  va  asosiy  bozor  rasmiylashtiriladi.  Uni  aniqlashtirilganda 



kompaniya  holatini  xaridorlar  kо‗zi  bilan  kо‗riladi  va  kompaniya  mahsulotlariga 

xaridorlar  guruhini  bir  jinsli  munosabati  aniqlanadi.  Soyaviy  matritsa  yordamida  (4.7-

rasm)  bozor  segmenti  va  rasmiylashtirilgan  mahsulot  (tovar)  guruhlari  orasida  moslik 

о‗rnatiladi  va  bozor  segmentlari  bilan  kompaniya  biznesi  rо‗yxatlari  orasida  moslik 

о‗rnatiladi.  

 

 



4.7-rasm.  

 


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling