Mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati. Reja


Download 0.94 Mb.
bet1/10
Sana11.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1189075
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati.


Mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati.
Reja

  1. O`ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT

2. SPORT O`YINLARI TARIXI
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga qadimgi futbol, o`rta asrda futbol, yangi davrda futbol rivojlanishi haqida tasavvur hosil qilish, futbol o`yinining maqsadi va vazifalari, yosh xususiyatlarini hisobga olish, futbol o’yinnining tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirish, uning mazmuni va o’tkazish metodikasini o’rgatish.
O’quv faoliyati natijalari:
· Qadimgi futbol o’rganish.
· O‘rta asrda futbol o‘yini haqida bilish olish.
· Yangi davrda futbol o‘yini ahamiyatini tushunib, izohlay olish.



O`ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT

O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida qabul qilingan qaror va vazifalari quyidagilardan iborat.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrda chiqarilgan "O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish" to`g’risidagi farmoni jismoniy tarbiyaga bo`lgan munosabatning siyosiy ahamiyatini belgiladi.
Farmonda belgilab qo`yilgan O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining maqsad va vazifalaridan ba`zi o`rinlarini keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir.
"Bolalar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga bolalar sportini aniq maqsad yo`lida va barqaror avj oldirishga ko`maklashish, bolalarga sportga mehr uyg’otish o`sib kelayotgan yosh avlod ongida sport bilan shug’ullanish, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma`naviy va jismoniy kamolga intilish, ularni salbiy ta`sirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish bolalarni fel-atvorli, Vatanga mehr muhabbat va o`z mamlakati uchun g’urur iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish" zarurligi qayd etilgan.
"Bolalar sportini rivojlantirish" borasida chiqarilgan bu farmon barcha o`quv yurtlari singari bizda ham ijobiy qabul qilinib qator tadbirlar tuzildi. SHu tadbirlardan darslarga to`liq qatnashish, darsdan keyingi sport o`yinlari to`garaklarga o`quvchilarni qatnashishi. Bundan o`z joylarida har xil to`garaklarga qatnashib o`z ustlarida ishlashlari kerak.
Jismonan chiniqqan inson har sohada ilg’orligi hammaga ma`lum.
O`quvchi yoshlar va qizlar o`rtasida milliy o`yinlarni bilish va ularni tashkil etib shug’ullanishga e`tiborni oshirish maqsadida qizlar o`rtasida milliy sport turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilinib unda har bir bilim yurtlarida, litsey, kollejlarda sport inshootlarini qayta ko`rib chiqish ularni jihozlash to`garak ishlarini yanada rivojlantirish ishlari ko`zda tutilgan.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o`zimizning milliy sport turlaridan kurash turi jahon arenasiga ko`tarilib shu tur bo`yicha jahon birinchiliklari o`tkazildi. Bu degani bizni milliy buxorocha kurashimizni tan olinganidir. Bir necha mamlakatlarda kurash bo`yicha kurash federatsiyalari tuzildi.
O`quvchi yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo`lida O`zbekiston Respublikasi yaqindagi qabul qilgan farmoni. Bu degani sport sohasida davlat siyosati yuqoriligidir.
Imkoniyatdan kelib chiqib bilim yurtida tashkil etilgan sport to`garaklariga har bir o`quvchi qatnashishi shart. Bu o`quvchilarda o`quv me`yorlarini bajarish imkoniyati bo`ladi.
Hozirda o`rta-maxsus kasb-hunar ta`limi talabalari o`rtasida o`tkazilayotgan "Barkamol avlod" musobaqalari har uchinchi yilda katta tantanalar bilan o`tkaziladi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling