Mavzu: Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati. Reja


Download 0.94 Mb.
bet5/10
Sana11.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1189075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Futbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati.

FUTBOL O`YINI TEXNIKASI
Hozirgi kunda futbol jahon xalqlari orasida mehr qozonib kelayotgan sport turi hisoblanadi. Uning kelib chiqishi, rivojlanishi va umuman butun dunyoga chiqish tarixi uzoq-uzoq davrlarga borib taqaladi.
Futbolning kelib chiqishi xaqida turli axborotlar, ma`lumotlar, taxminlar mavjud, biroq ularning barida turli sanalar, davrlar keltirilgan. Tarix hali futbolni paydo bo`lgan yoki kelib chiqqan joyni va sanani aniq bilmaydi. Bu esa futbol ildizi o`ta qadim zamonlarga borib taqalishidan darak beradi. Lekin ko`plab izlanishlar natijasi hamda tarixshunoslarning fikricha, futbolga o`xshash to`p o`yinlari necha-necha yuzlab yillar avval Qadimgi SHarq mamlakatlarida (Misr,Xitoy), antik davlatlarda (Gretsiya, Rim)da o`ynalgan. SHuning uchun ko`pchilik futbolning kelib chiqishi mana shu davlatlarga borib taqaladi, deya e`tirof etishadi. Biroq aynan «futbol» deb atala boshlangan o`yin Angliyada paydo bulgan.
Qadimgi Misrda futbolga o`xshash o`yin eramizdan 2000 yillar avval o`ynalgan bo`lsa, qadimgi Afinada Sparta jangchilari orasida «episkiros», deb nomlanadigan xam oyoq bilan, xam qo`l bilan o`ynaladigan o`yin mashhur bo`lgan, bu o`yinni yumaloq matoda o`ynashgan. Ammo bu o`yin juda qo`pol va shafqatsizligi bilan ajralib turadi. Rim imperiyasi bosqini tufayli futbolga o`xshash o`yin eramizdan avvalgi 1 asrda Britaniya orollarida paydo bo`ldi, bu o`yin tez orada britanlar orasida ommaviylashdi.

XII asr-o`rta asrlar Angliyada futbol o`zining boshlang’ich yo`lini olgan. Angliyadagi shaharlarda, shahar ichidagi tor ko`chalarda, bozor maydonlarida ertalabdan to kun botguniga qadar to`pli o`yin o`ynalgan. O`ynovchilar soni 100 ga yaqin, ayrim paytlari esa 100 dan oshib ketgan. U paytdagi o`yinlar qo`pol, hech qanday qoidasiz o`ynalgan. Qo`l bilan ham, oyoq bilan ham o`ynashdan tashqari, to`p bilan bo`lgan yoki bo`lmagan o`yinchilarni ushlab yiqitishgan. O`yin shu darajada qizib ketardiki, hatto bozorlar, ko`chalar vayron bo`lardi.
SHahar aholisi, chetdan kelganlarning ko`pchiligi bu o`yinga qarshi bo`lishdi va 1314 yilning 13 aprelida qirol eduard 2 shaharda futbol o`ynashni man etdi hamda o`ynovchilarni darhol qamoqqa olish to`g’risida farmon chiqardi. CHunki o`yin shahar tinchligini buzib, ko`p insonlar noroziligiga sabab bo`lardi. Bu farmondan so`ng futbolni shahar tashqarisida, dala va yaylovlarda o`ynashdi.
SHundan so`ng, 1333 yilda eduard III, 1389 yili Richard II, 1399 yilda Genrix IV, 1449 yilda Genrix VI, 1471 yilda eduard IV, 1491 yilda Genrix VII, 1512 yilda Genrix VIII va nihoyat qirolicha Elizaveta I 1572 yili futbol o`ynashni butun mamlakatda taqiqlab, qat`iy jazo choralari ko`rilishini zikr etishdi. Biroq, futbol shuncha farmon va qarorlarning barchasidan kuchliroq chiqdi. SHuncha tana-dashnomlar bu sport o`yini rivojlanishiga to`sqin bo`la olmadi, u yanada ommaviylashib bordi. Aynan Angliyada «futbol» haqiqiy nomini oldi (inglizchadan tarjima qilinganda «foot» - oyoq, «ball» - to`p deganidir).
XIX asr o`rtalarida «to`s-to`palon futbol» dan bosiqroq, jamoaviy, tashkillashtirilgan futbolga o`tildi va 1848 yilda Kembrijda rasmiylashtirilmagan futbol qoidalari ishlab chiqilib, o`yinlar tashkil etildi. Oradan 9 yil o`tib, ya`ni 1857 yil SHeffild shaxrida dunyoda birinchi futbol jamoasi tashkil topdi. 1863 yil 26 oktyabr kuni Londonda birinchi marta futbolning rasmiy qonun-qoidalari ishlab chiqildi (albatta, yillar o`tib bu qoidalarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib kelingan).

O`n uchta paragrafdan uchtasida turli holatlarda qo`lda o`ynash mumkin emasligi (ta`qiqlanishi) ko`rsatilgan edi. Faqat 1871 yilda darvozabonga qo`lda o`ynashga ruxsat berildi. XIX asr oxirlarigacha qoidalarga yana bir qancha o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Masalan, to`p hajmi belgilandi (1871), burchak to`pi kiritildi (1872), darvozaga to`r tortildi (1891), 1878 yili hakam xushtakdan foydalana boshladi, 1891 yili birinchi marta 11 metrlik jarima to`pi (penalti) belgilandi, 1875 yili darvoza ustunlarini birlashtirib turuvchi arqonlar o`rniga 2m 44sm balandlikka to`sin o`rnatildi, 1880 yilda futbol o`yinini birinchi hakam boshqardi (birinchi marta hakamlar Angliya maydonlariga tushishdi), 1891 yili esa maydonga bir emas uch hakam tushadigan bo`ldi (bosh hakam va 2 ta yordamchisi). Qonun-qoidalar o`zgarishi va yangiliklar kiritilishi, albatta, o`yin texnikasi va taktikasiga ta`sir o`tkazardi.
1872 yildan boshlab futbol bo`yicha halqaro uchrashuvlar tarixi boshlandi. Unda Angliya va SHotlandiya terma jamoalari kurash olib bordi, uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga etgan. 1884 yildan Britaniya orollarida birinchi halqaro rasmiy turnir o`tkazila boshlagan. XIX asr oxirlari XX asr boshlarida futbol butun Evropa hamda Janubiy Amerikada ommaviylashib ketdi. Nihoyat, 1904 yili Belgiya, Gollandiya, Daniya, Frantsiya, SHvetsiya va SHveytsariya vakillari tashabbuskorligi bilan Halqaro futbol assotsiatsiyalari federattsiyasi (FIFA) tashkil topdi. SHunday qilib, 1896 yildan Olimpiada o`yinlariga kiritilgan futbol 1908 yildan olimpiada dasturidan muhim joy egalladi.
Qadimda har bir kiritilgan goldan so`ng jamoalar joy almashishgan. Birinchi to`p Angliyada Dorvan ismli etikdo`z tomonidan tikilgan. Birinchi xaqiqiy yangi to`p J. Makintosh tomonidan yaratilgan, to`p qattiq charmli, suv o`tkazmaydigan va charm ichida havo to`ldirilgan rezinadan iborat edi. XIX asr oxirlarida o`yinchi ekipirovkasiga futbolka, oyoq kiyimi, shortikdan tashqari, albatta, bosh kiyimi ham kiritilishi shart bo`lgan. 1870 yili birinchi marta jamoada o`yinchilar soni belgilangan, ya`ni har bir jamoada 11 tadan o`yinchi. 1871 yildan uchrashuvlar 1,5 soat mobaynida o`tkazila boshlangan bo`lsa, 1883 yildan boshlab uchrashuv ikkita bo`limga bo`linib, o`sha 1,5 soat ikkiga bo`lingan (45daqiqadan).
Birinchi marta 1873 yilda autdan to`pni qo`lda o`yinga kiritish belgilangan.
Mamlakatimizda birinchi futbol jamoasi 1912 yilda Quqonda tashkil topgan bo`lsa, sobiq ittifoq hududida XIX asr oxirlarida Peterburgda tashkil topgan.
Hozirgi qonun-qoidalarga ko`ra futbol maydonining uzunligi 100x120, eni 64x80 m qilib belgilandi. Maydon uzunligi har doim uning enidan katta bo`lishi lozim. Maydon chiziqlari: 12 sm dan katta bo`lmagan aniq ko`rinuvchi chiziqlar bilan maydon yuziga chizilgan bo`lishi shart. Maydon o`rtasidan uning eniga tortilgan chiziq bo`lib, unda maydon markazi belgilanadi. Maydon markazi belgisidan radiusi 9 m li aylana chiziladi. CHiziqlar o`lchami (qalinligi) maydonning o`lchoviga kiradi. Maydonning burchaklariga yuqori qismi o`tkir bo`lmagan va balandligi 1,5 m dan kam bo`lmagan bayroqlar o`rnatiladi.
Darvoza chizig’ida burchakdagi bayroqlardan teng uzoqlikdagi masofaga darvoza o`rnatiladi. U bir–biridan 7,32 m masofada o`rnatilgan 2 ta vertikal ustun va ularni birlashtiruvchi gorizontal joylashgan to`sindan iborat. Erdan to`singacha bo`lgan masofa 2,44 m bo`lish kerak. To`sin va ustunlarning diametri 12 sm dan ortiq bo`lmasligi kerak. Darvoza maydoni, darvoza ustunlari ichidan 5,5 m masofadagi nuqtadan darvoza chizig’iga perpendikulyar qilib, 2 ta 5,5 m li chiziq chiziladi va ularning uchlari o`zaro tutashtiriladi. Hosil bo`lgan chiziqlar bilan chegaralangan maydonga darvoza maydoni deyiladi.

Jarima maydoni. Darvoza chizig’ida darvoza ustunlarining ichidan 16,5 m masofadagi nuqtadan unga perpendikulyar bo`lgan 2 ta 16,5 m chiziq chiziladi. CHiziqlarning uchlari darvoza chizig’iga parallel qilib o`tkazilgan chiziq bilan o`zaro tutashtiriladi. CHizilgan chiziqlar bilan chegaralangan maydonga jarima maydoni deyiladi. Har bir jarima maydonida darvoza o`rtasining qarshisidagi 11 m li masofada belgi qo`yiladi. 11 m li jarima to`pi shu belgiga qo`yib tepiladi. Bu belgidan o`lchanib jarima maydoni tashqarisiga radiusi 9 m li yoy chiziladi.
Burchak sektori. Maydonning har bir burchagi ichidan radiusi 1 m bo`lgan yoy chiziladi. Mazkur yoy hosil qilgan maydonchaga burchak sektori deyiladi.
To`p - charm yoki shunga o`xshash xomashyodan tayorlanib yumaloq shaklga ega bo`lishi kerak. To`pni aylanasi uzunligi 68-71 sm, o`yin boshida uning og’irligi 396-453 g bo`lib, ichidagi havo bosimi dengiz satxidan 0,6-1,1 atm. (600-1100 sm) bo`lishi kerak. O`yin paytida to`p faqat hakamning ruxsati bilangina almashtirilishi mumkin.
O`yinchilar soni. O`yinda 2 jamoa ishtirok etadi, har bir jamoani bir darvozabon bilan birgalikda 11 tadan ortiq bo`lmagan-o`yinchilar tashkil etadi. Har qanday rasmiy uchrashuvda komanda asosiy o`yinchilarni zaxiradagilari bilan almashtirishi quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi: a) o`yinchilar halqaro yoki milliy federatsiya yoxud–musobaqani o`tkazuvchi tashkilotning o`yinlariga ishtirok etish huquqini beruvchi ruxsatnomaga ega bo`lishi kerak. b) asosiy o`yinchilarni zaxiradagi o`yinchilar bilan almashtirish soni cheklangan bo`ladi. S) har qanday rasmiy uchrashuvlar (o`yinlar)da har bir jamoa uchtagacha o`yinchini almashtirishga ruxsat etiladi.
O`yinchining kiyim boshini futbolka yoki kuylagi, trusisi, getrasi va oyoq kiyimi tashkil etadi. Har bir o`yinni o`tkazish uchun hakam tayinlanadi. U maydonga chiqqan paytdan boshlab o`yinning qoidaga binoan borishini nazorat qiladi. O`yin hakamiga yordam berish uchun ikkita yordamchi hakam tayinlanadi. YOrdamchi hakamlar bayroq, yordamida signal berib ko`rsatishadi (Oxirgi xulosani bosh hakam chiqaradi).
O`yin ikki bo`limdan iborat bo`lib, har bo`limi 45 minutdan va ular orasida 10 minutli tanaffusdan tashqari 90 minut davom etadi. O`yin boshlanishi oldidan kur`a tashlanadi. Qur`ada yutgan komanda maydonning o`ziga ma`qul tarafini yoki boshlang’ich zarbani berish huquqini qo`lga kiritadi. Jarima to`pi erkin to`pdan shunisi bilan farq qiladiki, jarima to`pi to`p tepilgandan so`ng to`g’ridan-to`g’ri darvozaga kiritilsa hisoblanadi. erkin to`p tepilgach, darvozaga kiritilgan to`p hisoblanishi uchun tepilgandan so`ng to`pga boshqa biror o`yinchining tegishi shart bo`ladi. 11 metrli jarima to`pi. 11 metrli belgidan tepiladi. Jarima to`pi tepilayotgan paytda himoyalanuvchi komanda darvozaboni va to`pni tepuvchi o`yinchidan boshqa barcha o`yinchilar maydon ichida, ammo jarima maydoni tashqarisida bo`lishlari shart.
To`p yon chiziqni erdan, havodan to`liq kesib o`tsa; yon chiziqni kesib o`tish joyidan maydonning ixtiyoriy yo`nalishi bo`yicha qo`l bilan tashlab o`yinga kiritiladi. Darvoza oldidan bajariladigan zarba. Agar to`p darvoza to`sini yoki ustunlari tashqarisidan darvoza chizig’ini to`liq kesib o`tishida oxirgi marta hujum qilayotgan komanda o`yinchilariga tekkan bo`lsa, darvoza oldidan beriladigan zarba belgilanadi. Agar to`p darvoza to`sini yoki ustunlari tashqarasidan darvoza chizig’ini to`liq kesib o`tishidan oldin oxirgi marta himoyalanuvchi komanda o`yinchilariga tegib, chiqqanda burchak to`pi belgilanadi. Burchak to`pidan to`g’ridan-to`g’ri kiritilgan (darvoza) to`p hisobga olinadi.

Futbol-chinakam atletik o`yin. U tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Futbolchi o`yin paytida xaddan tashqari ko`p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma`naviy, idoraviy hislatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Futbol o`yinining negizida o`yinchilarni umumiy maqsad g’alabaga intilish birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yotadi g’alabani qo`lga kiritishga intilish futbolchilarni jamoa bo`lib harakat qilishga, bir-biriga o`zaro yordam berishga o`rgatadi, do`stlik, o`rtoqlik tuyg’ularini tarbiyalaydi.
Futbol madaniyati – bu bir nechta madaniyat majmuasining futbol atrofida sport turi sifatida yig‘ilishidir. Mashhurligi va yoyilganligiga qarab futbol jahonda birinchi raqamli sport turi hisoblanadi. 208 ta davlat futbol federatsiyasi FIFA (Xalqaro Futbol Federatsiya assotsiatsiyasi)ga a’zodir. FIFAga a’zo davlatlar soni BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)ga a’zo bo‘lgan davlatlar sonidan ko‘pdir.
Futbol Evropa, Janubiy Amerika, Lotin Amerikasi davlatlarida, Afrika va qisman Osiyo qit’asida mashhurligi-ning eng cho‘qqisiga etgan. Ko‘pgina davlatlarda futbol ushbu mamlakatlar madaniyatining bir bo‘lagi hisoblanib, milliy fikr-ehtirom ob’ekti sifatida butun dunyoda futbolga berilayotgan katta e’tibordan dalolat beradi.
Futbol dunyodagi eng mashhur jamoaviy o‘yin bo‘lib, unda hatto eng kam ochko uchun ham kurashish kerakdir. Hozirga qadar ko‘pchilik futbolning vatanini Angliya deb o‘ylashadi, ammo bu unchalik to‘g‘ri fikr emas. Aniqrog‘i, juda ham noto‘g‘ri fikr. Haqiqatda “oyoq to‘pi” tarixi bir necha yuz yillarni o‘z ichiga olib, ko‘p mamlakatlarni qamrab olgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling