Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil


Gregarinalar – Gregarinina sinfi


Download 42.34 Kb.
bet2/6
Sana13.04.2023
Hajmi42.34 Kb.
#1350669
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza

Gregarinalar – Gregarinina sinfi.


Gregarinalar umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladigan 500-1000 turni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari, asosan hasharotlarning ichagida yashaydi. Ayrim vakillari halqali chuvalchanglar, ninaterililar va qobiqlilarda ham uchraydi. Gregarinalarni hayvonlar tana bo’shlig’i, jinsiy va boshqa organlarida uchraydi.


Gregarinalarning jinsiy ko’payishi o’ziga xos bo’lib, boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ular orasida bo’g’imoyoqdilarning ichagida yashovchi haqiqiy gregarinalar (Eugregarinida) turkumi vakillari eng murakkab tuzilgan.
Tuzilishi. Gregarinalar xilma-xil shaklda, kattaligi 10 mkm dan 16 mm gacha bo’ladi. Tana shakli va kattaligi ularning qaysi organda parazitlik qilishiga ko’p jihatdan bog’liq. Ichakda yashovchi gregarinalar ancha yirik (16 mm gacha) duksimon, tana bo’shlig’idan olingan vakillari esa
yumaloq shaklda bo’ladi. Ancha murakkab tuzilgan gregarinalarning tanasida yadrosi joylashgan eng yirik oxirgi bo’limi deytomerit va undan oldingi bo’limi protomerit deyiladi (13-rasm). Protomeritda yopishuv organ epimerit joylashgan. Epimerit og’izcha vazifasini ham bajaradi. Deytomerit va protomerit bo’limlari bir-biridan tiniq sitoplazma qatlami bilan ajralib turadi. Bu qatlam ektoplazmadan hosil bo’ladi. Gregarinalarning epimeriti ichak devoriga yopishib turish uchun xizmat qilgani sababli turli shaklga ega bo’ladi.
Gregarinalarning hujayrasi tashqi tomondan pellikula qobiq bilan qoplangan. Sitoplazmasi juda aniq chegara bilan tiniq ektoplazma va birmuncha qoramtir-qo’ng’ir endoplazmaga ajralib turadi. Gregarinalarning harakatlanish organoidlari bo’lmaydi. Ular pellikulasida tana boylab joylashgan maxsus burmalarning to’lqinsimon harakatlanishi natijasida asta-sekin sirpanadi. Gregarinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi.

Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfi.


Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil bo’lib, 2400 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Har xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi. Ko’pchilik turlarining hayot sikli jinssiz va jinsiy ko’payish hamda sporogoniyaning qonuniy gallanishi orqali boradi. Xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xo’jayin almashtirib rivojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz ko’payish boshqa-boshqa xo’jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko’payishi xar xil kattalikdagi gametalarning kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir bo’ladi. Makrogameta (tuxum hujayrasi) gamontning bo’linmasdan bevosia o’sishi natijasida, mikrogametalar esa gamontni ko’p marta bo’linishi orqali hosil bo’ladi.


Koktsidiyasimonlarning bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham parazitlik qiladi. Quyida koktsidiyasimonlarning eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi.

Download 42.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling