Apikomplekslar (apicomplex), yani spora hosil


Download 42.34 Kb.
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi42.34 Kb.
#1350669
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-maruza

4- MA’RUZA. APIKOMPLEKSLAR (APICOMPLEX), YANI SPORA HOSIL QILUVCHI BIR HUJAYRALILAR (SPOROZOA) TIPI (2 SOAT)


Ma’ruza rejasi:

1. Apikomplekslar yani spora hosil qiluvchi bir hujayralilar tipining umumiy tavsifi. 2.Gragarinalar sinfi, tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi.



  1. Koktsidiyalar sinfi, tuzilishi, eymeriya koksidiyasi.

  2. Qon sporalilari, bezgak plazmodiysining hayot sikli,tarqalishi, patogen ahamiyati.

  3. Miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplar, tuzilishi, parazit hayot kechiruishi.

Tayanch iboralar: apicomplex, izogameta, anizogameta, sporozoit, zigota, epimerit, protomerit, deytomerit, sizigiy, ookineta, ootsista, shizogoniya, shizont, gragarina, koksidaya, eymeriya, toksoplazma, bezgak plazmodiysi, Miksosporidiya, Mikrosporidiya, asalari nozemasi,ipak qurti nozemasi.

Sporalilar turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qiluvchi bir hujayrali organizmlardir. Parazit hayot kechirish ta’sirida ularning tana tuzilishi ham birmuncha soddalashadi. Ularning harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qilish vakuollari rivojlanmagan. Lekin hayot sikli ancha murakkab bo’lib, jinssiz, jinsiy va sporogoniya jarayonlari almashib turadi. Jinssiz ko’payishi hujayraning ko’p marta bo’linishi (shizogoniya)dan iborat.


Jinsiy ko’payish ko’pchilik sporalilarda ikki xil tipdagi gametalar (anizogametalar)ning kopulyatsiyasidan iborat. Faqat gregarinalar bir xil tipdagi gametalar (izogametalar) hosil qiladi. Zigotasi odatda qalin po’st bilan o’ralgan bo’lib, oostista deyiladi. Ootsista ichida sporogoniya natijasida sporozoitlar hosil bo’ladi. Bir qancha sporalilarda sporozoitlar ham qattiq qobiq hosil qiladi. Sporozoitlar hosil bo’lishi bilan parazitning rivojlanish sikli tugallanadi. Sporalilar zigotasining dastlabki bo’linishi meyoz yo’li bilan boradi. Bu jihatdan ular foraminiferalar va barcha xivchinlilar singari zigota davrida reduktsiyaga uchragan gaploid xromosomali organizmlar hisoblanadi. Bu tipga 4000 dan ortiq parazit turlar kiradi. Sporalilar tipi Gregarinalar va Koktsidiyalar sinflariga ajratiladi.

Download 42.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling