Mamlakatimizda so‘nggi yillarda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash borasida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda


Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha


Download 309.57 Kb.
bet2/9
Sana03.11.2023
Hajmi309.57 Kb.
#1743082
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PQ-296 08.09.2023

Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatining boshqaruv tizimini takomillashtirish

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish.
Markaz va uning hududiy filiallari tuzilmasi hamda ustavini tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.
Bunda, Markaz va uning hududiy filiallari rahbarlariga, zarur hollarda, ularning tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqini berishni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-oktabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

2.

Markaz, hududiy filiallar hamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridagi onalar va bolalarni muhofaza qilishga mas’ul tuzilmalar (tug‘uruq muassasalari, “Ayollar maslahatxonasi”, “Prenatal skrining xonasi”, “Tibbiyot brigadalari”) faoliyatini homilador ayollarni kompleks monitoring qilish bo‘yicha muvofiqlashtirishni ta’minlovchi yagona tizimni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-mart

-

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

3.

Markazning hududiy filiallarini belgilangan talablarga mos bo‘lgan hududdagi binolarga joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-mart

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

4.

Aholiga, jumladan, homilador ayollar va bolalarga davlat tibbiyot muassasalarida malakali tibbiy yordamni o‘z vaqtida tashkil etish maqsadida statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, mazkur hujjatda fuqarolarning tibbiy muassasani tanlash huquqlarini inobatga olish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2023-yil 1-dekabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)

5.

Zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘lamini hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini kengaytirish maqsadida akusherlik ixtisosligi bo‘yicha nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish uchun tegishli litsenziya talab va shartlari hamda sanitariya me’yorlari bilan belgilangan talablarni ilg‘or tajribalar asosida qayta ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov)


Download 309.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling