Alibek Rustamov Alibek Rustamov


«Nomidagi» yoki «nomli» deyish to’g’rimi?


Download 0.64 Mb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1011392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Alibek Rustamov

«Nomidagi» yoki «nomli» deyish to’g’rimi?
Ba’zan «G’afur G’ulom nomidagi maktab» deyish ma’qulmi yoki «G’afur G’ulom nomli» degani to’g’rimi, deb so’raydilar. Buning har ikkisi ham o’zbek tili nuqtai nazaridan ma’qul emas. «G’afur G’ulom maktabi» deyilsa bas, «nomidagi» yoki «nomli» degan so’zlar ortiqchadir.
O’zbekcha «Amir Temur xiyoboni», «Navoiy teatri», «Bobur bog’i», «Farobiy ko’chasi» deyiladi, «nomli», «nomidagi» so’zlariga ehtiyoj yo’q.
Hozir ba’zi o’quvchilar miyasiga «G’afur G’ulom maktabi» deyilsa, bu G’afur G’ulomga qarashli maktab degani bo’ladi, degan fikr keldi. Lekin bu fikr til xususiyati nuqtai nazaridan to’g’ri emas. Faqat qaratqichning «-ning»li va «-ning»siz shakllaridagi ma’no farqini ko’rolmagan tilchilar nuqtai nazaridan to’g’ri. Gap shundaki, agar maktab G’afur G’ulomga tegishli bo’lsa, ya’ni u qurdirgan yoki o’qigan bo’lsa, o’zbek «G’afur G’ulom maktabi» demaydi, «G’afur G’ulomning maktabi» deydi. Agar maktab uning nomiga qo’yilgan bo’lsa, «-ning»siz «G’afur G’ulom maktabi» deb qo’ya qoladi. Abdulla To’qay ko’chasi deyilsa, ko’chaning nomi bo’ladi, agar Abdulla To’qayning ko’chasi deyilsa, Abdulla To’qay yashagan ko’cha tushuniladi.
Shuningdek, «to’qsoninchi sonli maktab» tarzida «sonli» so’zini ishlatish ham o’zbek tili nuqtai nazaridan ortiqchadir. Birinchi maktab, to’qsoninchi maktab deyilsa, to’g’ri bo’ladi.

Har bir so’zning o’z o’rni bor


Ba’zan sport sharhlovchilarining og’zidan «qilichbozlar bahsi» yoki «bellashuvi», «parashyutchilar bahsi» yoki «aviamodelchilar bellashuvi» kabi iboralarni eshitish mumkin. Hozir xayolingizga, o’sha o’rtoqlar musobaqa so’zini haddan ortiq takrorlamaslik, nutqni rang-barang qilish uchun «bahs» va «bellashmak» so’zlariga murojaat qilgan bo’lishlari mumkin, degan fikr keldi. Bu to’g’ri fikr. Qaytariqlardan qochish, ma’nodosh so’zlardan iloji boricha to’liq foydalanish kerak. Lekin har bir so’zning o’z o’rni va ma’nodosh so’zlardan foydalanishning qoidasi bor. Masalan, «bellashuv»ni ko’chma ma’noda ishlab chiqarishda musobaqalashayotgan ikki shaxsga nisbatan ishlatish mumkin. Agar ularning ishi jismoniy kuch talab qiladigan kasb bo’lsa, juda o’rinli bo’ladi. Ammo «shaxmatchilar bellashdilar» deyish to’g’ri bo’lmaydi. Chunki shaxmatga bel kuchi kerak emas. Binobarin, «shaxmatchilar bellashdilar» degan gapdan ular shaxmatni qo’yib, farg’onacha, ya’ni bel ushlashib kurashdilar, degan mazmun chiqadi. Agar ular shaxmatda bellashdilar, deyilsa, shaxmatbozlik anglashiladi, lekin baribir jumla aybli bo’ladi.
Bahs esa og’zaki tortishuvdir. O’zbekchada «qilichbozlar bahsida falonchi g’alaba qozondi» deyilsa, bundan o’sha falonchi qilichbozlikda emas, og’zaki olishuvda g’alaba qozonibdi, degan ma’no chiqadi.
«Shaxmat musobaqasi» degan iborani «shaxmat o’yini», «shatranj o’yini», «shaxmatbozlik», «shatranjbozlik», «shaxmat surishish», «shaxmat olishuvi» va hokazo so’z va iboralar bilan almashib ishlatish mumkin. Shuncha so’z bo’lgani holda «bahs» yoki «bellashmak» so’zini suiiste’mol qilishga hojat yo’q.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling