72b – 20 guruhi talabasi Mo’minjonov Muhammadrahimning “Iqtisodiy tahlil” fanidan mustaqil ishi. Iqtisodiy tahlilning mazmuni


Download 20.96 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi20.96 Kb.
#1538849
  1   2   3
Bog'liq
Tahlil Mo;minjonov


72b – 20 guruhi talabasi Mo’minjonov Muhammadrahimning “Iqtisodiy tahlil” fanidan
mustaqil ishi.

Iqtisodiy tahlilning mazmuni 

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Chunki xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar bilan ishlashi, ular asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur.


Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan. Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil
yo‘nalishi mavjud:
1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish. Mazkur yo‘nalishda
korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. Shuning uchun u iqtisodiy
fanlar qatoridan o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan.
2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalarni tahlil qilish.
Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyotda alohida olingan tarmoqlar, sohalar, iqtisodiy rayonlar,
hududlar va milliy iqtisodiyotning o‘zini tahlil qilish tushuniladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyotda tarmoqlarni, sohalarni, hududlarni tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u makroiqtisodiyot, statistika,iqtisodiy nazariya va tarmoqlar iqtisodiyoti kurslarida o‘rganiladi.
Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish alohida olingan fan bo‘lib quyidagi maxsus bilimlar tizimini o‘rgatadi:
• Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tartibdagi omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlar hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini tadqiq qilish.
• Biznes-rejalarni ilmiy asoslash hamda uning bajarilishiga obyektiv baho berish.
• Ijobiy va salbiy omillarni aniqlash va ularning ta’sirlarini miqdor jihatdan o‘lchash.
• Korxona rivojlanishidagi yo‘nalish va mutanosibliklarni ochib, ulardagi foydalanilmagan tashqi va ichki imkoniyatlarni aniqlab berish.
• Tajribalarni umumlashtirish asosida maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

Ta’kidlab o‘tilgan elemetlar iqtisodiy tahlil fanining mazmunini


tashkil etadi.



Download 20.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling